Новости UTY CARGO

Nazarbek terminalida jarayonlar: tahlil va takliflar markazda

"Temiryoʻlkargo" AJ bosh direktor birinchi oʻrinbosari B. Usmanov, "Temiryo'lkargo"AJ Toshkent filiali rahbari A.Ergashov hamda bir guruh masʼul xodimlar Nazarbek yuk terminaliga bo'lgan safari davomida mavjud infratuzilma, yuk tashish hajmi va logistika imkoniyatlarini tahlil qildi.
Yuklarni tezkor va ishonchli yetkazib berish, multimodal tashuvlarni kengaytirish, tranzit yoʻnalishlarini yaxshilash boʻyicha takliflar aytib oʻtildi.
Shuningdek, xalqaro yuk tashish jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish orqali mijozlarga qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Yuk terminali ishchi xodimlarning ishlash va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishib, murojaatlar oʻrganilib ,aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Made on
Tilda