2024-yil 28-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev rahbarligida faol va tashabbuskor yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvning 31-sonli bayoni 20-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston temir yo‘llari tizimida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazib kelinayapti.
Bugungi Toshkent davlat transport universitetida bo‘lib o‘tgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida “Temiryo‘lkargo” AJ bosh direktori Abdusamat Mo‘minov, jamiyat yoshlar yetakchisi Akmal Mirzayev hamda yetakchi mutaxassisi Baxtiyor Nurmuhammedov ishtirok etdilar.
Samimiy, ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan ushbu muloqot avvalida “Temiryo‘lkargo” AJ bosh direktori Abdusamat Mo‘minov yig‘ilganlarga ayni paytda jamiyatda mavjud vagonlar, yuk terminallari, yuk saqlash xo‘jaliklaridagi jarayonlar, kadrlarga qo‘yilayotgan talablar, yuk tashib berish borasida amalga oshirilayotgan haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Muloqot davomida talaba yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi, fikr va mulohazalari tinglandi. Faol yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar alohida e’tirof etildi va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar va fidoyi ustozlarga “Temiryo‘lkargo” AJ ning esdalik sovg‘alari taqdim etildi.