Новости UTY CARGO

STANSIYA ISH FAOLIYATI OʻRGANILDI

“Temiryo‘lkargo” AJ bosh direktor o‘rinbosari O. Jabarov, boshqarma boshlig‘i B. Toshtemirov va Toshkent filiali rahbari A. Irgashov ijara asosida foydalaniladigan “Zavodskaya” stansiyasiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida stansiya faoliyati, yuk tashuvlari hajmi va imkoniyatlari o‘rganildi. So‘nggi 2 oyda 2 mingga yaqin vagonga xizmat ko‘rsatilgan. Kunjara, metall mahsulotlari, azbest, g‘isht va ko‘mir yuklari ortilgan va tushirilgan. Ularga eshikdan-eshikkacha yetkazish tamoyili ostida multimodal xizmatlar ko'rsatilgan.
Mehnat muhofazasi va xavfsizlik masalalari muhokama qilinib, taklif va murojaatlarga amaliy yechimlar berildi.

“Zavodskaya” stansiyasi tasarrufidagi temiryo‘l uzunligi 10 500 km bo‘lib, 5-6 ta shoxobcha va tranzit yo‘nalishlar mavjud.
Made on
Tilda