Новости UTY CARGO

Istiqbolli rejalar – hamkorlik uchun muhim omil

Kuni kecha Lyanyungan Portining konteynerlar bilan ishlash bo‘yicha departamenti bosh direktori Xe Xao, Investitsiyalar departamenti bosh direktori o‘rinbosari Zou Lipin va boshqa bir qancha mas’ul xodimlari va “Temiryo‘lkargo” AJ mutaxassislari o‘rtasida yuk terminallariga investitsiya jalb qilish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida mehmonlar O‘zbekiston temir yo‘llari xalqaro hamkorlik departamenti bo‘lim boshlig‘I F. Xodjabekov, mutaxassis M. Rajakov, “Temiryo‘lkargo” AJ bosh direktori o‘rinbosari A. Razzakov, multimodal tashuvlar bo‘limi boshlig‘i J. Bedilov, xalqaro bo‘lim menejeri V. Xasanovalar bilan suhbatlashishdi.
Tadbir davomida mehmonlar “Temiryo‘lkargo” AJ haqida batafsil ma’lumot olishdi.Shundan so‘ng delegatsiya Chuqursoy, Jaloyir konteyner terminallari va Nazarbek yuk terminaliga tashrif buyurib, mavjud infratuzilma, yuk tashish hajmi va logistika imkoniyatlari bilan tanishdi. Xitoylik hamkorlar terminal infratuzilmasini modernizatsiya qilish, samaradorlikni oshirish va yangi texnologiyalar joriy etish bo‘yicha qiziqish bildirishdi.
Tashrif davomida tomonlar hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, investitsiya jalb qilishning samarali yo‘llarini ko‘rib chiqdilar. Muzokaralar davom etmoqda.
Made on
Tilda