Новости UTY CARGO

KORRUPSIYASIZ JAMIYAT QURISH YO‘LIDA

2024-07-01 15:53
Jamiyatni ichidan yemiruvchi illatlardan biri bu – korrupsiyadir. U dunyoda eng dolzarb muammolardan biri hisoblanib, jiddiy ijtimoiy, ma'naviy, iqtisodiy va siyosiy muammolar keltirib chiqaradi. Natijada davlat organlari faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, rivojlanishga to‘sqinlik qiladi.
ISO 37001:2016 – “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari – Foydalanish uchun talablar va tavsiyalar” xalqaro standartining ishlab chiqilishini global miqyosda korrupsiyaga qarshi kurashda muhim qadam deb hisoblash mumkin. Tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashning samarali tizimini yaratishning xalqaro usullarini o‘zida jamlagan, korrupsiyaga qarshi mukammal boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan xalqaro standartdir.
Shuni inobatga olgan holda, “Temiryo‘lkargo” AJ da korrupsiyaning oldini olish, ish jarayonida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, qolaversa xodimlarni ISO 37001:2016 – Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari bilan tanishtirish maqsadida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Jamiyat rahbariyati va xodimlari ishtirok etgan tadbirda jamoadagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirish ta’kidlandi.
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya bilan barcha birdek tanishtirildi. Ish jarayonida aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari va uni tartibga solish bo‘yicha aniq maqsadli choralar qabul qilish, ishga qabul qilinayotgan nomzodlarga ham bu borada tushuncha berish muhimligi aytildi.
Davra suhbati davomida mavzu doirasida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

“Temiryo‘lkargo” AJ matbuot xizmati