Новости UTY CARGO

14-YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI

Yurtimiz uchun muhim sanalar qatorida bo‘lgan Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Temiryo‘lkargo” AJ da ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirga Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori G‘ayrat Ikmatullayev taklif qilindi.
U “Vatan himoyasi – muqaddas burch” mavzusida foydali ma’lumotlarni taqdim etib, favqulodda vaziyatlarda erkaklarning o‘zini tutishi bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi.
Suhbat davomida ishtirokchilar o‘z savollariga batafsil javob oldilar, tadbir qiziqarli va ishchan ruhda o‘tdi.
Made on
Tilda