DOIMO E’ZOZDA
“Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyatida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni alohida tantana va ko‘tarinkilik bilan o‘tkazildi. Bosh direktor Abdusamat Mo‘minov ustozlar hayot yo‘llarimizni yoritib turuvchi mayoq ekani, ularning bilim va tajribalari yosh avlod uchun hamisha kerak ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng jamiyatning boshqa xodimlari ham ustozlari haqida gapirib, jamoadagi ustozlarini tabriklashdi.
“Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyatida o‘z mehnati, boy tajribasi, keng dunyoqarashi bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xodimlarga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning esdalik sovg‘alari topshirildi.