“Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Samarqand va Denov terminallarida xodimlar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi xodimlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat.
Musobaqa davomida xodimlar shashka va darts sport turlarida o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. “Temiryo‘lkargo” AJ rahbariyati bunday tadbirlar xodimlar o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Bunday tadbirlar, musobaqalar kompaniya faoliyatini yanada samarali tashkil etishga, xodimlar orasida birlashuv va hamjihatlikni mustahkamlashga zamin yaratadi.
Musobaqa yakunida g‘oliblarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Ushbu mukofotlar xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va kelgusidagi musobaqalarda faol ishtirok etishga undashga xizmat qiladi.
“Temiryo‘lkargo” AJ Axborot xizmati





