Новости UTY CARGO

Yangi vagonlar – yangi imkoniyatlar

2025-06-19 09:10
“Temiryo‘lkargo” AJ vagon parkini zamonaviylashtirish va yuk tashish samaradorligini oshirish yo‘lida izchil ishlarni davom ettirmoqda. Shu maqsadda Jamiyat mas’ul xodimlari Quyuv-mexanika zavodiga borishdi.
Uchrashuv davomida zavodning ishlab chiqarish jarayoni, texnologik quvvatlari va mahsulot sifati chuqur o‘rganildi. Zavod tomonidan ishlab chiqarilayotgan xopper tipidagi vagonlar — ayniqsa, don mahsulotlarini tashish uchun mo‘ljallanganlari — alohida e’tiborga molik bo‘ldi.
Tashrif yakunida 50 dona don tashish vagonlariga dastlabki buyurtma berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu kelishuv “Temiryo‘lkargo” AJ parkini yangilashda navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Новые вагоны — новые возможности

АО «Темирйўлкарго» последовательно продолжает работу по модернизации вагонного парка и повышению эффективности грузоперевозок. С этой целью ответственные сотрудники Общества посетили Литейно-механический завод.
В ходе визита были подробно изучены производственный процесс, технологические мощности и качество выпускаемой продукции. Особое внимание было уделено хопперным вагонам, предназначенным для перевозки зерновых культур.
По итогам встречи был подписан предварительный договор на поставку 50 хопперных вагонов для перевозки зерна. Данное соглашение станет очередным важным шагом в обновлении парка АО «Темирйўлкарго».