Temiryo‘lkargo AJ bosh direktori Abdusamat Mo‘minov ZTO Express va Kahui Group kompaniyalari vakillari Jia Li, Mo Yan Tao, Chjan In, Xua Siang Liang bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar yuk tashish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy logistika texnologiyalarini joriy etish va transport xizmatlarining samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv davomida yuklarni tezkor va ishonchli yetkazib berish, multimodal tashuvlarni kengaytirish hamda tranzit yo‘nalishlarini optimallashtirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi.
Shuningdek, xalqaro yuk tashish jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish orqali mijozlarga qulay shart-sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va uzoq muddatli strategik sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.