Новости UTY CARGO

“Temiryo‘lkargo” AJ va “CEEC Samarkand Cement” o‘rtasida hamkorlik mustahkamlanmoqda!

“Temiryo‘lkargo” AJ bosh direktorining multimodal va xalqaro tashuvlar bo‘yicha o‘rinbosari O.R. Jabarov Samarqanddagi O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi “CEEC Samarkand Cement”ga tashrif buyurdi.

Korxona yiliga 3 mln. tonna sement ishlab chiqaradi va 80% mahsulot eksportga yo‘naltiriladi. Ayni paytda asosiy tashish avtotransport orqali amalga oshirilmoqda.
Uchrashuv davomida mahsulotlarni temir yo‘l orqali tashish hajmini oshirish, shuningdek korxonani to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir yo‘l tarmog‘iga ulash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
🔧 Yangi shoxobcha yo‘l qurilishi orqali:
✅ Logistika jarayonlari optimallashtiriladi
✅ Yetkazib berish muddati qisqaradi
✅ Transport xarajatlari kamayadi
Bu loyiha sement eksportini yanada samarali qilishga xizmat qiladi.

Made on
Tilda