Nimadir xarid qilayapmizmi, biz hammamiz iste’molchiga aylanamiz. Biroq bizning iste’molchi sifatidagi huquqlarimizga hamisha ham amal qilinayaptimi? Iste’molchi sifatida umumiy ovqatlanish shoxobchalarida, maishiy texnika, dori-darmonlar xaridida yoki kommunal to‘lovlarda biz eng avvalo, nimaga ahamiyat berishimiz lozim?


“Temiryo‘lkargo” AJ da O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar boshqarmasi raisi o‘rinbosari Sobir Abduraimov, Mirobod tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Shuhrat Sattorov hamda Yakkasaroy tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Sanjar Tulyaganovlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda yuqoridagi savollarga javoblar berildi.


Bundan tashqari, onlayn savdoda sotuvchining yuridik manziliga, texnikalar xaridida kafolat qog‘ozida o‘zbek tilidagi yo‘riqnomalar bo‘lishiga alohida e’tibor berilishi kerak ekanini ta’kidlashdi. Ish faoliyatlari davomida iste’molchilar huquqlari buzilishi bilan bog‘liq holatlar, ularning qayta tiklanishi yuzasidan bo‘lib o‘tgan jarayonlar haqida ham so‘zlab berishdi.


Do‘stona va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot davomida qiziquvchilar o‘z savollariga batafsil javoblar olishdi.
"Temiryo'lkargo" AJ Matbuot xizmati