Ertalabdan bolajonlar ona yoki otasi bilan ishga kelib, birinchi daqiqalardanoq bir-biri bilan tezda o‘rtoqlashib, bayramona kayfiyatda jamiyat bo‘ylab sayohatni boshladilar.
Tadbir davomida bolajonlar korxonada faoliyat yuritayotgan bo‘limlar bilan yaqindan tanishishdi, mutaxassislarning ish jarayonini kuzatishdi, kompyuterlarda “ishlash” tajribasini ham sinab ko‘rishdi. Yuzaga kelgan qiziqarli savollarga esa ishchi mutaxassislar jonli va sodda tilda javob berishdi.
Tanishtiruv qismi yakunlangach, tadbirning tantanali madaniy-ma’rifiy dasturi boshlandi.
Dastlab jajji mehmonlar hindcha raqsni, so‘ngra milliy raqsni zavq bilan tomosha qilishdi. Shu bilan birga, tengdoshlari Imronbek ijrosida “Toshkentim – onam” qo‘shig‘i yangrab, bayramga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Shundan so‘ng bolalar uchun quvnoq o‘yinlar, raqslar va musobaqalar o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida esa kichkintoylarga mazali, to‘yimli tushlik va “Temiryoʻlkargo” AJ tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Mazkur tadbir nafaqat bolalarga quvonch ulashdi, balki ular uchun ota-onalarining ish joyini yaqindan tanishishga, qiziqarli taassurotlar olishga ham zamin yaratdi.