Safar davomida "Temiryo'lkargo" AJ bosh direktori A. Muminov hamda multimodal va xalqaro tashuvlar bo‘yicha o‘rinbosari Oybek Jabarov Sarah stansiyasi imkoniyatlarini o‘rgandi.

Muzokaralar davomida:
🚛 Eron hududida O‘zbekiston vagonlaridan foydalanish,
🛠 Vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish va telejkalarni almashtirish,
📦 Terminal ish faoliyati va ularning tamoyillari chuqur tahlil qilindi.
🤝 Eronlik xususiy tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda eksport-import va tranzit tashuvlar masalalari muhokama qilindi. Maxatari, Bandr Abbas kabi yirik stansiyalar ko‘zdan kechirildi, mijozlar va stansiya vakillari bilan bevosita muloqot qilindi.

📍 Bandar Abbas portida o‘tkazilgan uchrashuvlarda UTYCARGO imkoniyatlari, faoliyat yo‘nalishlari va xizmat turlari haqida yirik tadbirkorlarga taqdimot o‘tkazildi.
🚂 Railway Transportation kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Kelgusida mineral o‘g‘itlar va kimyoviy moddalarning temiryo‘l orqali tashilishi rejalashtirilmoqda.
🏗 O‘zbekiston Bosh vaziri va Transport vaziri topshirig‘iga binoan, chegara punktlari va tushirib-ortish hududlarida qo‘shma logistik markazlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

"Temiryo'lkargo" AJ vagonlari eronlik mijozlarda katta qiziqish uyg'otdi!