Новости UTY CARGO

Xon atlas festivali yuqori saviyada o'tkazildi

Milliy liboslar xalqning asriy anʼanalarini mujassam va tarannum etgan muhim vosita hisoblanadi. Dunyo xalqlari ajdodlaridan meros boʻlib qolgan milliy koʻrinish, anʼanalarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratadi. Xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, urf-odat va anʼanalari, estetik qarashlari, milliy qadriyatlarimiz tom maʼnoda milliy matolarimizda oʻz ifodasini topib kelayotgani bilan yanada qadrli va ahamiyatlidir.
An'anaga aylanib ulgurgan "Xon atlas" festivali sabab, 11-sentyabr kuni "Temiryo'lkargo" aksiyadorlik jamiyatida mehnat qilayotgan ayollar milliy liboslarda keldilar. Milliy matolarimizning yorqin va go'zal naqshlari barchalariga birdek yarashgan, shu boismi, hamma ko'tarinki kayfiyatda ish boshladi.
Ajoyib kayfiyatda boshlangan ish kuni davomida milliy matolarimiz tarixi va uning qanday to'qilishi haqidagi ma'lumotlarga ham ega bo'ldilar. Tushlik vaqtida esa shaharning so'lim go'shalariga borib suratlarga tushdilar. Milliy kiyimlari o'ziga yarashib turgan ayollar yo'ldan o'tarkan, nafaqat yo'lovchilar, hatto haydovchilar ham ularga havas bilan qarashdi.
"Temiryo'lkargo" aksiyadorlik jamiyatida "Xon atlas" festivali o'zaro ahillik, shod xurramlik bilan yuqori kayfiyatda o'tkazildi.
Made on
Tilda