Aziz bolajonlar! Hurmatli ota-onalar!
Sizlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Bolalar – hayotimizning eng bebaho boyligi, ertamiz va umidimiz timsolidir. Ularning sog‘lom, baxtli va bilimli voyaga yetishi biz, kattalar zimmasidagi eng muqaddas burchdir. Farzandlarimizning har bir tabassumi, har bir yutug‘i bizga kuch, ilhom va mehr bag‘ishlaydi.
“Temiryoʻlkargo” AJ jamoasi uchun bu kun nafaqat bayram, balki farzandlarimizga mehr ko‘rsatish, ularning orzularini qo‘llab-quvvatlash uchun yana bir imkoniyatdir.
“Temiryoʻlkargo” AJ jamoasi uchun bu kun nafaqat bayram, balki farzandlarimizga mehr ko‘rsatish, ularning orzularini qo‘llab-quvvatlash uchun yana bir imkoniyatdir.
Bayram muborak, aziz bolajonlar!
Hurmat bilan,
Abdusamat Moʻminov,
“Temiryoʻlkargo” AJ bosh direktori.
Abdusamat Moʻminov,
“Temiryoʻlkargo” AJ bosh direktori.