Новости UTY CARGO

BAYRAM MUBORAK!

14-yanvar kuni jamoamizda bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi. Hamkasblarimizni Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladik, ularning mehnati va fidoyiligini yana bir bor e’tirof etdik. Bu bayramni jamoamiz ayollari ko‘tarinki ruhda o‘tishiga katta hissa qo‘shdilar.
Bayramona tadbirimizni “Temiryo‘lkargo” AJ Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari Akbar Shukurov kirish so‘zi bilan ochib, jamoamizdagi ahillik va inoqlikni alohida ta’kidladilar.
Shundan so‘ng jamoamiz xotin-qizlari bir-biridan samimiy tilaklar bildirishdi, maxsus tayyorlagan she‘rlaridan o‘qib berishdi. Bu she‘rlar nafaqat tadbirga o‘ziga xos ruh bag‘ishladi, balki bayramona muhitni yanada boyitdi.
Shuningdek, tadbir davomida maxsus tayyorlangan videorolik ham namoyish etildi. Ushbu videorolikda jamoamiz a’zolarining kundalik hayoti, ularning fidoyiliklari va jamoamizga qo’shayotgan hissalari aks ettirilgan edi.
Ushbu tadbir bizga faqatgina bir kunlik bayram emas, balki jamoamizni birlashtiruvchi, hamkorlikni mustahkamlovchi muhim voqea sifatida xizmat qildi. Barcha hamkasblarimizni yana bir bor bayram bilan dildan qutlaymiz va ular bilan yanada ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishamiz deb umid qilamiz!
Made on
Tilda