Ushbu tadbirda “Temiryo‘lkargo” AJ Bosh direktor birinchi o‘rinbosari A. Shukurov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Yetakchilar Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi R. Eshanqulov hamda tashkilotdagi yosh xodimlar ishtirok etishdi.
Ta’kidlandiki, yurtimizda yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish davlat siyosati darajasida ko‘rilgan. Intiluvchan, faol, salohiyatli yoshlar rag‘batlantirilmoqda, ularning ilmiy g‘oyalari, tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Marketing va mijozlar bilan ishlash bo’limi boshlig‘i J. Bedilov jamiyatda faoliyat yuritayotgan yoshlarning tashabbuslari doim rag‘batlanitirib kelinayotgani, ish faoliyatini yuritish uchun sharoitlar yaratilganini ta’kidlab, sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish, innovatsion g‘oyalar yaratish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Shundan so‘ng “Temiryo‘lkargo” AJ Yoshlar yetakchisi lavozimi uchun nomzodlar: Investitsiyalarni jalb qilish va qo‘shma korxonalar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassi A. Mirzayev hamda aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo‘limi mutaxassis B. Nurmuhammedov o‘z dasturlari bilan tanishtirdilar.
Investitsiyalarni jalb qilish va qo‘shma korxonalar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassi A. Mirzayev dasturi ma’qul topildi va bir ovozdan Yoshlar yetakchisi etib saylandi.
“Temiryo‘lkargo” AJ Axborot va media bo‘limi
“Temiryo‘lkargo” AJ Axborot va media bo‘limi