Новости UTY CARGO

BIC – xalqaro konteyner tizimining yuragi

BIC — bu 1933-yilda Xalqaro savdo palatasi homiyligida tashkil etilgan neytral va notijorat xalqaro tashkilot bo‘lib, konteyner tashuvlarini xavfsiz, samarali va standartlashtirilgan shaklda amalga oshirishni maqsad qilgan.
1970-yildan boshlab konteynerlar uchun BIC kodlar reyestrini yuritib kelmoqda.
1971-1972-yildan buyon Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan konteyner prefikslarining global registratori sifatida tan olingan.
1972-Har kuni minglab marotaba dunyo bo‘ylab turli logistika va transport kompaniyalari BIC kodlari bazasidan foydalanadi.
BIC nafaqat konteyner kodlari bilan ishlaydi, balki intermodal tashuvlar sohasida xavfsizlik, texnik standartlar, identifikatsiya, izlash va hujjatlashtirish tizimlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etadi.
UTYU – endi xalqaro maydonda “Temiryulkargo” AJni ifodalaydi!
Yuborilgan rasmiy so‘rov natijasida, BIC tomonidan “Temiryo‘lkargo” AJ uchun “UTYU” kodi ajratildi. Bu kod xalqaro konteynerlar tizimida ushbu kompaniyaning mulkini identifikatsiya qilish imkonini beradi.
Kodni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni yakuniga yetib, “Temiryo‘lkargo” AJ tomonidan to‘lov amalga oshirilgach, UTYU kodining rasmiy ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma hamda BIC kodlari reyestrining yangilangan nashridan nusxa qo‘lga kiritildi.

Global maydonda tan olingan sifat belgisi

BIC kodiga ega bo‘lish kompaniyamiz uchun bir necha muhim afzalliklarni ta’minlaydi:
konteynerlarimiz xalqaro darajada tan olinadi;
bojxona, port va logistika tizimlarida avtomatik tarzda identifikatsiya qilinadi;
xalqaro hamkorlarimiz oldida ishonchlilik va shaffoflikni ta’minlaydi;
konteyner parkimizni raqamli boshqarish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Endilikda dunyo bo‘ylab “UTYU” yozuvli konteynerni ko‘rsangiz — bilingki, bu “Temiryo‘lkargo” AJ mulki!
“Temiryo‘lkargo” AJ mamlakatimiz temiryo‘l transporti sohasida zamonaviy va raqamli yechimlarni tatbiq etishda yetakchi o‘rinni egallab borayotganini ushbu muhim yangilik yana bir bor tasdiqlaydi.
Temiryo‘lkargo – zamonaviy yuk tashuvlari!
Made on
Tilda