Новости UTY CARGO

GENDER TENGLIK HAMDA AHOLI SALOMATLIGI

GENDER TENGLIK HAMDA AHOLI SALOMATLIGI

bu yangilangan Konstitutsiyada alohida belgilangan
“Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Markaziy poliklinikasi bilan hamkorlikda davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu davra suhbatiga taklif etilgan Jamoat xavfsizligi Universiteti professori, psixologiya fanlari doktori Dilnoza Abdullajonova hamda Markaziy poliklinika bosh shifokori o‘rinbosari Tatyana Motorina konstitutsiyada ayollar huquqlari, gender tengligini ta’minlashning huquqiy asoslari haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.
Jumladan, gender tengligi tushunchasi bu ayol va erkakning jamiyatda har taraflama tengligi emas, balki, ijtimoiy hayotda ayollarning ham erkaklar bilan teng huquqli ekanligi, oilada, bola tarbiyasida ham teng huquq va majburiyatlar belgilanganligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, amaldagi qonunlarimizga asosan gender tushunchasi ham qayd etilgan bo'lib, unga ko'ra, gender — xotin-qizlar va erkaklar o'rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta'lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo'ladigan ijtimoiy jihati ko'rsatilgan.
Demak, gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarini ifodalamaydi. Balki har ikki jins vakillarining o'z orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ilgari suradi, xolos. Aynan rivojlangan jamiyatning talablaridan biri bu erkak va ayol huquqlari tengligining ta'minlanishidadir.
Davra suhbatida Markaziy poliklinika bosh shifokori o‘rinbosari Tatyana Motorina keyingi yillarda aholi, ayniqsa xotin-qizlar salomatligiga hukumat darajasida g‘amxo‘rlik qilinayotganini aniq misollar orqali tushuntirib berdi.
Tadbir davomida o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan va savollari bilan faollik ko‘rsatgan xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Made on
Tilda