Новости UTY CARGO

XODIMLARNING HUQUQIY HIMOYASI YO‘LIDA

“Temiryo‘lkargo” AJ boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi chaqirildi. Toshkent MTU raisi o‘rinbosari Orifjon To‘xtamatov hamda bir qancha vakillar ishtirok etishdi.
Konferensiya avvalida jamiyat kasaba uyushmasi raisi Furqat Maqsudxo‘jayev 2024-yil iyun oyidan hozirgacha xodimlarni himoya qilish, ularning ma’naviy ma’rifiy hordiq olishlari uchun amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
O‘tgan muddat davomida 50 ga yaqin murojjatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 90 foizdan ortig‘i qanoatlantirildi, ba’zilari rad etilib, sabablari tushuntirildi. Qolganlariga huquqiy maslahat berildi.
Shundan so‘ng kelgusi besh yillik uchun jamiyat kasaba uyushma qo‘mitasiga raislik qilish uchun nomzodlar e’lon qilindi. Konferensiya yakunida ovoz berish natijalari e’lon qilinib, jamiyat kasaba uyushma qo‘mitasi raisi lavozimiga yana Furqat Maqsudxo‘jayev saylandi.
Tadbir davomida kasaba uyushmaning kelgusi faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi hamda xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Made on
Tilda