2025-yil 9-aprel kuni buyuk bobokalonimiz, atoqli sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 689-yilligi keng nishonlanmoqda. Bu sana nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun jahon sivilizatsiyasi tarixida chuqur iz qoldirgan siymoning tavallud kunidir.
Amir Temur o‘zining “Kuch – adolatda!” degan shiori bilan butun umri davomida tartib, qonuniylik va adolat tamoyillariga tayanib harakat qilgan, bu qadriyatlarni xalq yuragiga singdirgan ulug‘ siymo. Uning donishmandligi, sarkardaligi, xalqiga bo‘lgan sadoqati bugun ham yurtimizda buyuk ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shu munosabat bilan “Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyati jamoasi ham poytaxtimiz markazida qad rostlagan Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdi. Marosimda jamiyat xodimlari, turli bo‘lim vakillari, yoshlar faol ishtirok etdilar.

Shu munosabat bilan “Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyati jamoasi ham poytaxtimiz markazida qad rostlagan Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdi. Marosimda jamiyat xodimlari, turli bo‘lim vakillari, yoshlar faol ishtirok etdilar.
Amir Temur nafaqat kuchli sarkarda, balki chuqur tafakkur egasi, yuksak tafsirga ega davlat rahbari bo‘lgan. Uning boshchiligida tashkil etilgan Temuriylar davlati ilm-fan, san’at, hunarmandchilik va me’morchilik taraqqiyoti nuqtai nazaridan o‘z davrining eng yuksak pog‘onasiga chiqqan edi.

Bugun “Temiryo‘lkargo” AJ jamoasi ushbu tarixiy merosni chuqur anglab, uni yosh avlodga yetkazish, davlatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish yo‘lida sadoqat bilan mehnat qilmoqda. Temuriy ruhdagi fidoyilik, intizom va maqsadga qat’iylik jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
Bugungi tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonda milliy g‘ururimiz, tarixiy xotiramiz bizga yo‘l ko‘rsatmoqda. “Temiryo‘lkargo” AJ o‘z faoliyatida aynan shunday tarixiy qadriyatlarni, buyuk ajdodlarimizning hayot falsafasini asrab-avaylab, har bir xodim yuragida g‘urur va mas’uliyat uyg‘otishga intiladi.

Buyuk ajdodlarga munosib bo‘lish — bu bizning burchimiz, sharafimiz va yuksak maqsadimizdir.