O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi va 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyatida xodimlar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi.




Ushbu sport musobaqasi “Temiryo‘lkargo” AJ Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilib, unda xodimlar stol tennisi, darts, shaxmat (erkaklar uchun), va shashka (ayollar uchun) kabi sport turlari bo‘yicha jismoniy va aqliy bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.




Xodimlarni jismonan chiniqtirish, jamoada xotin-qizlarning faolligini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tadbir xodimlarga nafaqat sport zavqi, balki jamoa birligini yanada mustahkamlash imkonini ham berdi.








Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, g‘oliblar jamiyat tomonidan qimmatbaho va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Axborot xizmati