“Temiryoʻlkargo” AJ da “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ ning yuk kassirlari, yuklarni qabul qilib topshiruvchilari malaka oshirmoqda!
2025-05-27 11:38
Yuk va tijorat ishlarini takomillashtirish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisining buyrugʻi asosida bir guruh mutaxassislar oʻz tajribasini, kasbiy malakasini oshirish maqsadida “Temiryoʻlkargo” AJ oʻquv seminarida ishtirok etish uchun yetib kelishdi.
Respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib boruvchi bu mutaxassislarga Tashishlarni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi Sur’at Miraliyev oʻz bilim va tajribalarini oʻrgatadi. Ikki hafta davomida ular “Temiryoʻlkargo” AJ ning asosiy faoliyatini, transport ekspeditorlik xizmatlari, xususiy va inventar maqomdagi vagonlar oʻrtasidagi hisob-kitoblarni oʻrganishlari, “Chuqursoy” stansiyasiga chiqib, uning ish faoliyati bilan yaqindan tanishishlari rejalashtirilgan.
Ularga “Temiryoʻlkargo” AJ ning boshqa malakali mutaxassislari ham oʻz tajribalarini oʻrgatishadi.
Ikki haftalik oʻquv seminarini muvaffaqiyatli yakunlagan mutaxassislar sertifikat bilan taqdirlanadi.