Siz azizlarni Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
Qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni mujassam etgan ushbu muborak bayram oilalaringizga tinchlik va osoyishtalik, mehr-oqibat fayz-baraka olib kelsin.
Alloh taolo qilgan ezgu amallarimizni, duo va tilaklarimizni ijobat aylasin. Yurtimizda doimo tinchlik hukm sursin, har bir xonadon farovonlik va fayzga to‘lsin! Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!