XOTIN-QIZLAR HAYOTIGA E’TIBOR – BUXORODA NAVBATDAGI UCHRASHUV
2025-05-25 11:34
“Temiryo‘lkargo” AJ Buxoro filialida xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi boshlang‘ich tashkiloti raisi Nargis Kirgizova hamda ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha mas’ul xodim Guli Nigor Avazova ishtirok etib, filialda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashishdi. Ularning ish faoliyatlari, ish joyida yaratilgan qulayliklari bilan tanishishdi.
Uchrashuvda:
▪️ Ayollarni qiynayotgan muammolar tinglandi; ▪️ Ish joyidagi sharoitlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi; ▪️ Taklif va tashabbuslar eshitildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning mehnat va ijtimoiy hayotdagi ishtirokini yanada kuchaytirishdir.
Uchrashuv samimiy muhitda o‘tdi va ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.