"Temiryo‘lkargo" AJ Buxoro va Qarshi filiallari jamoasi Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi tarixiy va manzarali maskanlariga sayohat uyushtirdi.
Mazkur sayohat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” tashabbusi doirasida, ichki turizmni rivojlantirish, madaniy hordiq chiqarish va xodimlar o‘rtasida jamoaviylikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Tarixiy binolarga boy, tabiati bilan go‘zal Shahrisabz mehmonlarni yana bir bor o‘ziga maftun etdi!
Bunday sayohatlar nafaqat dam olish, balki yurtimizning boy tarixi, qadriyatlari va go‘zal tabiatini yaqindan kashf etish imkonini beradi.
