Новости UTY CARGO

O‘zbekiston va Eron temir yo‘l tizimlari o‘rtasida hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda!

1-iyun kuni Tehronda bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar ekspertlarining 13-yig‘ilishida yuk tashish jarayonlarini soddalashtirish, tranzit yo‘laklarini raqamlashtirish va “yashil”, xavfsiz transport tizimlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
🔹 “Temiryo‘lkargo” AJ vagonlarining Eron hududida ishlashi imkoniyati ko‘rib chiqildi
🔹 Eron va Turkmaniston orqali o‘tuvchi yuk tashuvlariga chegirmalar rejalashtirilmoqda
🔹 Bandar Abbas porti orqali O‘zbekistonga yuk oqimini oshirish va yetkazib berish muddatlarini qisqartirish bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishilmoqda
🔹 Yuk hujjatlari bo‘yicha elektron almashuv va chegara jarayonlarini soddalashtirish muhim yo‘nalish sifatida belgilandi
📌 Eron yo‘llar va shaharsozlik vazirining maslahatchisi Amin Taroffo ma’lum qilishicha,
IHTga a’zo davlatlar transport va yo‘llar bo‘yicha vazirlarining 13-yig‘ilishi 1–2-iyun kunlari Tehronda o‘tkaziladi.
📚 Ma’lumot uchun:
IHTga a’zo davlatlar:
Ozarbayjon, Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston
🤝 Tomonlar mintaqaviy logistika salohiyatini kengaytirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga intilmoqda.
Made on
Tilda