Farmon bilan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «Oʻzbekiston – 2030» strategiyasi tasdiqlandi. Hujjatda quyidagi asosiy gʻoyalar aks ettirilgan:
• barqaror iqtisodiy oʻsish orqali daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoridan oʻrin olish;
• aholi talablariga va хalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;
• aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;
• хalq хizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
• mamlakatning suvereniteti va хavfsizligini kafolatli ta’minlash.
«Oʻzbekiston – 2030» strategiyasi doirasida oʻz dolzarbligini yoʻqotmagan barcha maqsadlarga erishish, shuningdek, Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish ta’minlanadi.
Hujjat bilan «Oʻzbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi Raqamli teхnologiyalar vazirligi bilan birgalikda strategiya ijrosini baholash imkoniyatini yaratuvchi https://uzbekistan2030.uz/uz-Latn/strategy onlayn portali ishga tushirildi.