“Temiryo‘lkargo” AJ vakillari Nova kompaniyasi bilan Xitoy – Oʻzbekiston yoʻnalishida yuk tashish imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha muhokama oʻtkazdi. Uchrashuv davomida kompaniyamiz tomonidan xalqaro tashuv yo‘nalishlari, yuk terminallari va multimodal logistika imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Nova kompaniyasi logistika sohasida yirik ishtirokchilardan biri bo‘lib, u Olmaota, Singapur, Vladivostok, Chendu, Iy, Shanxay kabi o‘nlab yirik shaharlarda ofislarga ega va 8000 ta xususiy konteyner parki bilan faoliyat yuritadi. Uchrashuv natijasida Nova kompaniyasi hamkasblarimizni Xitoydagi bosh ofisiga taklif qildi.

Bu tashrif mintaqaviy yuk tashish tarmog‘ini kengaytirish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.
"Temiryo'lkargo" AJ Matbuot xizmati