Новости UTY CARGO

Hamkorlik yo‘lida yana bir qadam!

“Temiryo‘lkargo” AJ va Rossiyaning “EFKO” boshqaruv kompaniyasi AJ vakillari o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar temiryo‘l orqali yuk tashish bo‘yicha transport-ekspeditsiya xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Muzokaralarda:
▪️ Yog‘li ekinlar va sovun ishlab chiqarish mahsulotlarini tashish masalalari ko‘rib chiqildi;
▪️ Har ikki tomon o‘z imkoniyatlarini taqdim etdi;
▪️ Kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Made on
Tilda