Har yili o‘tkazilishi an’anaga aylangan TransLogisticaUzbekistan2024 xalqaro ko‘rgazmasining yubiley sana, 20-yilida “Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyati ham ishtirok etdi.
Uch kun davom etgan ko‘rgazmada “Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyati multimodal tashuvlar borasidagi o‘z salohiyatini namoyish eta oldi deb bemalol aytish mumkin.
Sababi, jamiyat stendi oldida nafaqat O‘zbekistonlik, balki xorijiy tashkilotlar vakillarining, logistika yo‘nalishidagi blogerlarning qadami uzilmadi.
Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Latviya, Shvetsariya, Pokiston, Litva, Turkmaniston, Tojikiston kabi o’ndan ortiq davlatda faoliyat yurituvchi yuzlab tashkilotlardan kelgan mehmonlar bilan o‘tgan munozaralar qizg‘in o‘tdi.
Bosh direktorning bosh maslahatchisi Azamat Razzakov, multimodal tashuvlar bo‘limi mudiri Jahongir Bedilov, mutaxassisi Murod Abdurahimov, ekspeditorlik bo‘limi boshlig‘i Miraziz Mirahmedov, yetakchi mutaxassisi Abror Arashev, Yuk, tijorat va mijozlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Tohir Kalanov, xalqaro munosabatlar bo‘limi menejeri Venera Xasanova va boshqa mas’ul xodimlar stendimizga kelgan har bir mehmon bilan alohida suhbatlashishdi.
Ularni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berishdi. Jamiyatimiz salohiyati, ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida tayyorlangan taqdimotlar bilan tanishtirishdi.