Новости UTY CARGO

"Temiryo‘lkargo" AJ – “Maksam-Chirchiq” bilan yangi bosqichdagi hamkorlik sari!

"Temiryo‘lkargo" AJ bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Usmonov boshchiligidagi delegatsiya “Maksam-Chirchiq” zavodida bo'ldi.
"Maxam-Chirchiq" zavodi boshqaruv raisining transport bo‘yicha o‘rinbosari Qilichev Alisher Akramovich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"Temiryo‘lkargo" AJdan Yuk tashish ishlarini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mirzaahmedov hamda Moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari E. Gapparov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, mahalliy tashuvlarda yuk hajmini oshirish, jamiyat tasarrufidagi vagonlardan oqilona foydalanish, temir yo‘l xizmatlari eksport salohiyatini kengaytirish va qo‘shimcha yuk hajmlarini temir yo‘l transportiga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida kelgusida strategik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.

Made on
Tilda