Новости UTY CARGO

KORRUPSIYASIZ JAMIYAT QURISH YO‘LIDA

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Temiryo‘lkargo” AJda rahbarlar va xodimlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida kompaniyamiz korrupsiyaga qarshi kurash sohasida o‘z pozitsiyasini mustahkamlash, bu boradagi qonun va talablarni to‘liq bajarish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgani alohida qayd etildi.
Halollik va ishonchlilik kabi ustuvor qadriyatlarni ilgari surayotgan “Temiryo‘lkargo” AJ jamoasi uchun shaffoflik va adolat tamoyillari ish yuritishning ajralmas qismidir.
Tadbir davomida tashkil etilgan savol-javoblar sessiyasida xodimlarning faol ishtiroki ular ushbu tamoyillarga sodiqligini yana bir bor isbotladi.
Bu kabi tadbirlar kompaniya faoliyatida nafaqat samaradorlikni oshirishga, balki jamoa o‘rtasida o‘zaro ishonch va birlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Made on
Tilda