3-5 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston - Afg‘oniston biznes forumida kimyo sanoati va qishloq xo‘jaligi sohasida qator savdo shartnomalari, logistikamarkazini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi, kelishuvlar imzolandi.
Ushbu biznes-forumda ikki mamlakat biznes doiralarining 1000 nafardan ortiq vakillari, jumladan “Temiryo‘lakargo” AJ xodimlari ham ishtirok etishdi.
O‘zaro hamkorlikni faollashtirish, ishbilarmon hamda tadbirkorlar ishtirokidagi qo‘shma tadbirlarni ko‘paytirish har ikkala taraf uchun ham muhimligi ta’kidlandi.
Shu o‘rinda qayd etish joizki, yangi shartnomalar va bitimlar tuzish, o‘zaro biznes-forum, ko‘rgazma, B2B formatida uchrashuvlar tashkil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, Afghanistan International Railway Company, Aria International Shipping Line Co., Kam Air transport kompaniyalari va SWIFT xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatiga ega yagona Afg‘on banki - Ghazanfar Bank bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Forum davomida “Temiryo‘lkargo” hamda afg‘on tadbirkorlari o‘rtasida mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazish borasida o‘z xizmatlarini taklif etib o‘zaro muzokaralar olib bordilar.