Новости UTY CARGO

INTIZOM BOR JOYDA RIVOJLANISH BO‘LADI

Ma’lumki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2024-yil 20-iyun kunidagi “O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati ishchi xodimlarining ichki mehnat tartibi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra tizimda mehnat qilayotgan xodimlarning mehnat qoidalari tasdiqlangan.
Bugun “Temiryo‘lkargo” AJ bosh direktori A. Mo‘minov rahbarligida mazkur buyruqning ijrosini ta’minlash maqsadida jamiyat xodimlari ishtirokida targ‘ibot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Personalni boshqarish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari N. Kirgizova O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati tizimida mehnat qilayotgan ishchi xodimlarining ichki mehnat tartibi qoidalari bilan yig‘ilganlarni tanishtirib o‘tdi.
Tadbirda jamiyat xodimlari ish joyida o‘z vaqtida tasdiqlangan kiyimda bo‘lish, har bir topshiriqni, o‘ziga yuklatilgan vazifani sidqidildan bajarish lozimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Axborot xizmati
Made on
Tilda