“O‘zbekiston temir yo‘llari” hamda “Temiryo‘lkargo” AJ rahbariyati 2024-yilning 27-iyun kuni Pokiston milliy logistika korporatsiyasi (NLC) vakillari bilan transport, logistika va tranzit savdosi sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazishdi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.Raxmetov boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Temiryo‘lkargo” AJ bosh direktori A.Muminov, “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ bosh direktori o‘rinbosari X.Odilov, “O‘zbekjeldorekspeditsiya” AJ bosh direktori o‘rinbosari S.Salimov va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.
Pokistonlik hamkasblar nomidan NLC raisi Farrux Shahzod Rao, loyiha menejeri Muhammad Yusuf va mas’ul mutaxassis Shaib Xakvoniy ishtirok etishdi.
Uchrashuvda keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro mahsulot aylanmasi ortib borayotgani bunda Oʻzbekiston tomoni Pokistonning Tranzit va savdo toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilganini muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlashdi.
Tadbir davomida “Temiryo‘lkargo” AJ bosh direktorining logistika masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A. To‘ychiyev hamda marketing va mijozlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘I J. Bedilovlar Pakistan Intermodal LTD, National Logistics corporation (NLC), Gohar textile Mills (PVT), Pakistan cables LTD singari kompaniyalar vakillari bilan fikr almashib, kelajakda manfaatli hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
“Temiryo‘lkargo” AJ matbuot xizmati