Новости UTY CARGO

“OYNING ENG YAXSHI XODIMI”

Sahifamiz va ruknimizning ilk qahramoni – Husniddin Bozorov. U 32 yildan buyon O‘zbekiston temir yo‘llari tizimida fidokorona mehnat qilib kelmoqda. Ayni paytda “Temiryo‘lkargo” AJning Denov yuk terminalida yuk va bagaj qabul qilib oluvchi lavozimida faoliyat yuritadi.
Yuk terminalida ish qizg‘in: har kuni kelayotgan har bir vagon, yuk mashinasi hisobga olinadi, yuk tushirish va ortish jarayonlari sinchkovlik bilan nazorat qilinadi, hujjatlar rasmiylashtiriladi. Bularning barchasi diqqat, tezkorlik va mas’uliyat talab etadigan ish.
Husniddin aka nafaqat o‘z kasbining ustasi, balki haqiqiy ibratli ota ham. Uning uch nafar farzandidan kattasi otasining yo‘lidan borib, aynan shu sohaga qadam qo‘ydi.
“Bolaligida ba’zan uni ishga olib kelardim. U jarayonlarni qiziqib kuzatar, hamkasblarimning savollariga bemalol javob berardi. Balki o‘shanda qalbida bu kasbga bo‘lgan mehr uyg‘ongandir. Bugun farzandim kasbimning davomchisi bo‘lgani meni quvontiradi”, – deydi u faxr bilan.
Husniddin Bozorovga fidokorona mehnati uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Made on
Tilda