Har yili 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yurtimizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari o‘tkaziladi. Oylik davomida xonadonlar hamda tashkilotlarning yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilayotgani tekshiriladi, kamchiliklar bo‘lsa bartaraf etiladi. Bundan maqsad qish faslida yuzaga keladigan talofatlar va ko‘ngilsizliklarning oldini olishdir.


“Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyati Denov hamda Samarqand yuk terminallarida ham “Yong‘in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Samarqand yuk terminalida bo‘lib o‘tgan ushbu o‘quv mashg‘ulotida harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi Samarqand o‘t-o‘chirish komandasi boshlig‘i Baxtiyor Norbo‘tayev, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha katta inspektor Alisher Obloberdiyevlar ishtirok etishdi.
Ular yig‘ilganlarga yong‘in sodir bo‘lmasligi e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlarni alohida ta’kidlashdi. Mabodo yong‘in sodir bo‘lsa o‘t o‘chirish vositalarini to‘g‘ri qo‘llay olish borasida ko‘rsatmalar berishdi.

Xuddi shunday uchrashuv Transportdagi jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi Denov bo‘limi yong‘in xavfsizligi inspektori Akrom Mardiyev, Denov yuk terminali boshlig‘i Faxriddin Muxtorovlar ishtirokida Denov yuk terminalida ham o‘tkazildi.
"Temiryo'lkargo" AJ Axborot xizmati