Новости UTY CARGO

KASB BAYRAMI NISHONLANDI

Temir yo‘l transporti xodimlari kuni munosabati bilan “Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyatida tizim xodimlari ishtirokida tantanali tadbir tashkil etildi.
Ta’kidlandiki, multimodal milliy operatorlik juda mas’uliyatli vazifa. Bu yo‘lda har bir xodim ziyrak, zamonaviy texnologiyalarni yaxshi tushunadigan hamda bir nechta chet tilda erkin gaplasha olishi lozim.
Har bir mijozning yuklarini “eshikdan eshikkacha” tamoyilida manziliga ishonchli va xavfsiz yetkazib berilishini ta’minlash asosiy vazifa ekanligi e’tirof etildi.
Tadbir davomida tizimda faol mehnat qilib, jamiyat yutuqlariga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “Temiryo‘lkargo” AJning esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Matbuot xizmati
Made on
Tilda