Новости UTY CARGO

8-mart – E’tibor, hurmat va e’tirof bayrami!

Bugun jamoamizda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni alohida tantana bilan nishonlandi. Ushbu qutlug‘ kunda jamoamizdagi barcha ayollar ana bir karra alohida e’tibor va hurmatga sazovor bo‘lishdi.
Bayram tadbirining avvalida jamiyatimiz bosh direktori Abdusamat Mo‘minov samimiy tabrik so‘zlarini aytdilar, faoliyatimiz samaradorligida ayollarning o‘rnini alohida e’tirof etdilar.
Tadbir davomida opa-singillarimiz uchun ajoyib bayram dasturi tashkil etildi. Samimiy tilaklar, e’tiroflar, qizg‘in tabriklar yangradi.
Ayniqsa, gitara jo‘rligidagi jonli kuy-qo‘shiqlar barchaga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.
Barcha ayollarga esdalik sovg‘alari taqdim etilgani bayram shukuhini yanada oshirdi.
Bunday iliq e’tibor va hurmat barcha uchun juda qadrli. Jamoamizning barcha erkaklariga, rahbariyatimizga va ushbu bayramni unutilmas qilishga hissa qo‘shgan hamkasblarimizga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Har doim e’zozda bo‘ling, aziz opa-singillar! Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Made on
Tilda