O‘zbekistonda temir yo‘l transporti tobora rivojlanib bormoqda. Shunga hamohang tarzda temir yo‘llarimizda xizmat ko‘rsatish yildan-yilga yaxshilanyapti. Davlatimiz rahbarining 2023-yil 10-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ana shu maqsadga erishishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Qarorda temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish, sohaga boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, yurtimizning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish kabi muhim vazifalar asosiy maqsad etib belgilandi. Shunga muvofiq, 2024-yilning fevral oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibida “Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.
Zamon rivojlanib, barcha xizmatlar globallashib borar ekan, o‘z-o‘zidan yuk tashishni ham zamonaviy bosqichga olib chiqish dolzarb masalaga aylanadi. Shu bois “Temiryo‘lkargo” tadbirkorlarga yuk tashishning multimodal, yetkazib berishning “eshikdan eshikkacha” usulida tashkil etib kelayapti. Qolaversa, yuk vagonlari va konteynerlar xo‘jaligini saqlash va rivojlantirish, logistika markazlari va terminallarini tashkil etish, yuk tashish xizmatlarini rivojlantirish, yuk vagonlar va konteynerlar xo‘jaligini saqlash va modernizatsiya qilish, logistika markazlari va terminallarni yaratish kabi bir qancha maqsadlar ham asosiy vazifalar hisoblanadi.
“Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyati ish boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsada, yuk tashish ximatlarini ko‘rsatish uchun 500dan ortiq shartnomalar tuzilib, o‘tgan muddat davomida 5 million tonnage yaqin yuk o‘z manziliga, “eshikdan eshikkacha” tamoyili ostida yetkazildi. Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Rossiya singari bir necha o‘nlab davlatlar bilan ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
Hozirgi kunda mamlakatimiz bo‘ylab 5 ta: Nazarbek, Samarqand, Qarshi, Denov, Buxoro yuk terminallaridagi olti mingga yaqin turli yuk vagonlari orqali “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “Dehqonobod kaliy zavodi” kabi yirik aksiyadorlik jamiyatlari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi mahsulotlarini o‘z manziliga, betalafot yetkazib beryapmiz. Bundan tashqari, ushbu terminallarda yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchilarga transport logistikasi, ekspeditorlik hamda yuk saqlash kabi xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
Kelajakda yuk terminallarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, zamonaviy logistika markazlariga aylantirish, mijozlarga yanda qulay shart-sharoitlar yaratish uchun kompleks xizmat ko‘rsatish, sifat menejmenti tizimini joriy etish va uning ISO talablariga muvofiqligini taʼminlash rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari logistikani optimallashtirish, bo‘sh vagonlardan texnik yo‘nalishlarni shakllantirish, umumiy foydalanishga mo‘ljallanmagan yo‘llarda to‘xtab turish vaqtini 3 sutkagacha qisqartirish, yangi mijozlarni jalb qilish, shu jumladan xalqaro transport yo‘laklari bo‘ylab ko‘rsatiladigan xizmatlar kompleksini kengaytirish va yuk jo‘natuvchilar va yuk qabul qiluvchilar manziliga yuklarni “eshikdan eshikgacha” sxemasi bo‘yicha yetkazib berishni tashkil etishda logistika zanjirini qurish, tashishlarga ixtisoslashtirilgan harakatdagi tarkibni jalb etish hamda ilg‘or axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida vagon parkini boshqarish texnologiyasini takomillashtirish kabi bir qancha muhim vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
2024-yil 14-fevral kuni ish boshlagan jamiyatning eng katta yutuqlaridan biri – qisqa vaqtda professional va ahil jamoani bir joyga to‘play olganidir. Yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadigan har bir bayram “Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyatida ham alohida nishonlanadi, turli soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkaziladi. Xodimlarning nafaqat ma’naviy, balki jismoniy tayyorgarligi ham hamisha rahbariyat e’tiborida. Zero inson jismonan sog‘lon bo‘lsagina mehnati unumli va samarali bo‘ladi. 8-dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan sport musobaqalari o‘tkazildi, goliblar qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Temiryo‘lkaro” AJ xodimlarining mehnati “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati diqqat markazida desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yil davomida jamoamiz a’zolari ko‘krak nishoni, esdalik qo‘l soati, esdalik tanga, Faxriy yorliqlar bilan taqdirlangani fikrimizning isboridir. Bundan tashqari, “Temiryo‘lkargo” AJ rahbariyati ham faol xodimlarni Faxriy yorliqlar, qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlab kelayapti.