“Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyatida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyat bosh direktori A. Mo‘minov ishtirok etdi.
“Temiryo‘lkargo” AJ Yoshlar yetakchisi Akmal Mirzayev o‘tgan muddat davomida jamiyat yoshlari hayoti hamda ish faoliyatidagi yutuqlar, ularni qiynagan muammolar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
“Temiryo‘lkargo” AJ Yoshlar yetakchisi Akmal Mirzayev o‘tgan muddat davomida jamiyat yoshlari hayoti hamda ish faoliyatidagi yutuqlar, ularni qiynagan muammolar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Jamiyat xodimlarining aksariyatini yoshlar tashkil qilishi inobatga olgan holda direktor yoshlarni qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi, ularga munosib yechim topish borasida maslahatlar berdi.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida o‘z ustida ishlash, ko‘proq kitob o‘qish hamda xorijiy tillarni o‘rganish haqida gap bordi, yoshlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Qolaversa, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, uni ish faoliyatiga tatbiq etish haqida ham gap bordi.
Shundan so‘ng yosh xodimlar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ish faoliyatini yanada yaxshilash borasidagi takliflarini aytdilar.