Новости UTY CARGO

Bayramingiz muborak bo'lsin!

Aziz do‘stlar, hurmatli hamkasblar!
“Temiryo’lkargo” aksiyadorlik jamiyati nomidan sizni Temir yo‘l transporti xodimlari kuni bilan chin dildan samimiy tabriklayman!
Bugungi kunda O‘zbekiston temir yo‘llari transmintaqaviy transport koridorlarining eng muhim bo‘g‘ini sifatida xalqaro temir yo‘llar tashuvi tizimida munosib o‘rin egalladi. Bu borada amalga oshirilgan katta ko‘lamdagi ishlarning barchasi iqtisodiyotimizda yuksak marralarni egallashimizga asos bo‘lmoqda.
Temiryo‘lchilarimiz tomonidan istiqlol yillarida 1500 kilometrdan ortiq yangi temir yo‘llarning barpo etilgani, 1800 kilometrlik temir yo‘l liniyalarining elektrlashtirilgani mamlakatimizni modernizatsiya qilishda ulkan qadam bo‘ldi.
Bundan tashqari, ish boshlaganimizga ko‘p vaqt bo‘lmaganiga qaramay, jamoamiz bilan birgalikda aytishga arzigulik yutuqlarni qo‘lga kiritdik. Vagonlarimizning soni uch yarim mingtaga yaqinlashgani, “Temiryo‘lkargo” orqali tashilgan yuklar 1 million tonnadan oshganini xursandchilik bilan e’tirof etish lozim.
“Temiryo‘lkargo” AJning kelajagi, avvalo, sohaga zamonaviy bilimga ega, ilg‘or texnologiyalarni puxta o‘zlashtirgan, o‘z kasbiga sodiq, Vatanimizga farzandlik mehri bilan yashaydigan mutaxassis va ishchilarga bevosita bog‘liqdir.
Bu yo‘lda barchangizga sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-totuvlik, farovonlik, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlaringizda muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!
“Temiryo‘lkargo” AJ

Bosh direktori Abdusamad Mo‘minov
Made on
Tilda