Kasbiga mehr bilan yondashgan Fotima Qurbonova mehnatkashligi, tirishqoqligi va mas’uliyati bilan boshqalardan ajralib turadi.
U “Temiryo‘lkargo” AJ Buxoro filiali Navoiy stansiyasida yuklarni rasmiylashtirish, tarif va yo‘l haqini hisoblash bilan shug‘ullanadi. Kundalik ish jarayonida o‘nlab mijozlarga tezkor va aniq xizmat ko‘rsatib, har biriga xushmuomalalik bilan yondashadi.
Fotima Qurbonova bilim va tajribasini yosh mutaxassislar bilan bo‘lishib, ularga ustozlik qilmoqda. U kasb sirlarini o‘rgatish barobarida halollik, samimiy munosabat va fidoiylikning muhimligini ham uqtiradi.
Izlanuvchanligi va ishga sadoqati sababli Fotima Qurbonova jamoa orasida katta hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lgan.